Qulayliklar

Biz Toshkentning markazida joylashgan eng go'zal kampuslardan biriga ega ekanligimizdan juda faxrlanamiz. Bizning o'quvchilarimiz sinf xonalar, maydonchalar va laboratoriyalarimizda sinfdoshlari bilan yangi bilimlarni o’rganish va birga o’ynashdan zavqlanishadi.

Ilmiy laboratoriya

Ilmiy laborator tajribalar va ilmiy laboratoriya jihozlari talabalar o'rtasida ilmiy bilimlarni rivojlantirishga va ilmiy izlanishlarga qiziqish uyg'otishga yordam beradi. Laboratoriyamiz to‘liq jihozlangan va yosh olimlarning yangi avlodini ilhomlantirishga tayyor.

Talabalar ilmiy tajribalarni o’tkazish jarayonida amaliy tajribaga ega bo‘ladilar, ilmiy dalillar keltiradilar va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradilar.

Robototexnika va innovatsion laboratoriya

Robototexnika - robotlarni yaratish, dasturlash va loyihalash bilan shug'ullanadigan texnologiya sohasi. Biz o'quvchilarimizga robototexnika darslarini taqdim etamiz, bu esa ijodkorlik, dizayn va texnologiyalarga bo’lgan ishtiyoqni uyg'otadi.

Robototexnika to‘garaklari, milliy va xalqaro tanlovlar hamda rag‘batlantiruvchi seminarlar orqali biz o‘quvchilarimizni fan va texnologiya sohasidagi yetakchilar va innovatorlar sifatida yetishtirishni maqsad qilganmiz.

Maktab kutubxonasi

Kutubxona o‘quvchilarimiz o‘rtasida uzluksiz bilim olishga mehr uyg‘otadigan maskandir. Kutubxona zamonaviy kompyuterlar, guruhlarda ishlash uchun hududlar, ko'p tillardagi to'plamlar, storytelling, axborot savodxonligi va keng ko'lamli qo'shma/kursdan tashqari mashg’ulotlar bilan shug’ullanish imkonini beradi.

Katta bosma resurslar to‘plamidan tashqari, talabalarimiz jurnallar, gazetalar, kitoblar, musiqa va audiokitoblarni o‘z ichiga olgan minglab raqamli kontentlardan foydalanishlari mumkin. Talabalar ushbu raqamli resurslardan istalgan vaqtda, istalgan joyda, kompyuter yoki boshqa qurilmalar orqali foydalanishlari mumkin.

Musiqa xonasi

Musiqiy ta’lim talabalarda o‘ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, qo‘l-ko‘z koordinatsiyasi, xotira va bilim olish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, muhim hayotiy ko‘nikmalarni shakllantiradi hamda bolalar va yoshlarni porloq kelajakka tayyorlashga yordam beradi.

Musiqa xonasi ilhomlantiruvchi o'quv muhiti bo'lib xizmat qiladi, unda talabalar professional musiqa o'qituvchimiz bilan cholg'u asboblarini o'rganish, musiqa yozish va bastalash hamda turli badiiy va musiqiy chiqishlar uyushtirish ustida ishlaydilar.

MakerSpace

Kelgusi avlodning ilg’or fikrlovchi insonlari va innovatorlarni ilhomlantirish maqsadida biz talabalar ijodini ochib berish uchun MakerSpace’ni yaratdik. MakerSpace barcha kerakli narsalar bilan jihozlangan Lego, muzqaymoq tayoqchalari va yelimli quroldan tortib elektron va raqamli to'plamlargacha, u ham talabalar orzusidagi laboratoriya, ham innovatsiya maydoni bo'lib xizmat qiladi.

Talabalarimizni biror nimani yaratish orqali bilim olishga undash bilan biz ularni o'z bilimlarini to’g’ri yo’lga yo’naltirishga ilhomlantiramiz. Buning natijasida o‘quvchilarimiz bilim olishga qiziqib, bunga sarmoya kiritadilar.

Kampus xavfsizligi

Xavfsizlik bo'limi barcha talabalar, xodimlar va tashrif buyuruvchilar kampusimizda o’zlarini xavfsiz his etishlariga harakat qiladilar.

Bizning kampus obyektlari bo'ylab 24x7 kuzatuv texnologiyasi qo'llanilishidan tashqari, bizning professional xavfsizlik guruhimiz o'quv yili davomida mobil patrul, mashinalar to'xtash joyini nazorat qilish va tezkor yordam xizmatlarini o'z ichiga olgan keng ko'lamli xizmatlarni taqdim etadi.

Birinchi yordam klinikasi

Biz talabalarimizning salomatligi, xavfsizligi va tibbiy ehtiyojlarini qondirish uchun sertifikatlangan tibbiy xodimlarga egamiz. Maktabda kun davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yengil jarohatlar va kasalliklarga birinchi yordam ko'rsatish bizning ustuvor vazifamizdir.

Kafeteriy

Biz muvozanatli ovqatlanish bolalarni hamisha foydali mahsulotlarni tanlash va to’g’ri ovqatlanishga undashi mumkinligini bilamiz.

Bizda doimo asosiy ingrediyentlardan sertifikatlangan oshpazlar va yaxshi o'qitilgan xizmat ko'rsatish guruhlari tomonidan tayyorlangan yangi taomlar bo’ladi.

Ochiq va yopiq maydoncha

Jismoniy tarbiya talabalar hayotining ajralmas qismi bo'lganligi sababli biz barcha yosh guruhlari uchun interaktiv va keng ochiq hamda yopiq maydonchalarni tayyorladik.

Talabalar o'zlarining yosh guruhlari va sinflariga ko'ra guruh sharoitida jismoniy mashg'ulotlarda qatnashadilar, shu jumladan futbol, ​​basketbol, ​​voleybolga mo’ljallangan ko'p maqsadli ochiq hududlar va tennis kortlaridan foydalanadilar.

Yotoqxona

Biz erta ta’limda o’qiyotganlar uchun xavfsiz yotoqxonani taqdim etamiz. Ushbu yotoqxona maxsus xodimlar tomonidan nazorat qilinadi va yuqori sifatli to'shak, yostiq va adyol kabi qulay uyqu to'plamlariga ega.

Sport zali

Yaxshi jihozlangan maktab sport zalida o‘quvchilar turli sport mashg’ulotlari va musobaqalarida qatnashish imkoniyatiga ega.

Jismoniy tarbiya o’qituvchilari talabalarning salomatligi va yaxshi jismoniy tayyorgarligini ta'minlash uchun tadbirlar, musobaqalar va mashg'ulotlar o'tkazadilar.

Rasm xonasi

Bizning rasm xonamiz - bu rasm chizish va boshqa san’at turlariga ishtiyoqi baland bo'lgan intiluvchan talabalar uchun chinakam ijodiy maydon.

Talabalar muntazam ravishda rasm darslarida qatnashadilar, tanlovlar, ko'rgazmalar va badiiy shoularda qatnashadilar, o'zlarining ishlari va san'atga bo'lgan ishtiyoqlarini namoyish etadilar.

Multimedia Room

The multimedia room is designed to help our students learn and interact with a diverse range of education technologies. For instance, students can work together in groups to develop multimedia presentations and learn about video, sound, graphics, still photography, animation and other contemporary digital skills.

As an innovative and unique resource at our school, the multimedia room will help our students develop their digital skills in an interactive, fun, and engaging manner.

Virtual Reality Room

We have designed the VR Room to keep our students motivated, challenged and engaged. Through the VR experience, our students can take virtual field trips and experience culture, history, geography, directly from the comfort of the classroom. Using VR, teachers send students on immersive and reflective experiences, encouraging students to use more than one sense while learning. Further, students use VR to learn theoretical subjects using 3D models rather than viewing a simple textbook image. Students can experience the planets, view human cells, and visualize scientific elements to boost their learning experience.

Ariza qoldirish So'rash uchun Band qilish
© CIST 2022. Barcha huquqlar himoyalangan.